2025-07-09 17:02:25
126
“Teach For Uzbekistan” tashkiloti bilan amaliy vorkshop o‘tkazildi
Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Matematika, Amaliy matematika va Fizika fakultetlari bitiruvchi kurs talabalari uchun “Teach For Uzbekistan” nodavlat notijorat tashkiloti vakili Yodgorjon Inomjonov ishtirokida amaliy vorkshop o‘tkazildi.
Universitet Karyera va bandlik markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda talabalarga “Teach For Uzbekistan” tashkilotining faoliyati, olis hududlardagi maktablarda ishlash imkoniyatlari hamda yosh mutaxassislarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Karyera va bandlik markazi vakillari bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish borasida yaratilgan imkoniyatlar, “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi imtiyozli kreditlar hamda career.edu.uz va osonish.uz platformalaridan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berdilar.