MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA
“KELAJAKKA QADAM” DASTURI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
UMUMIY MA’LUMOTLAR
- “Kelajakka qadam” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025 yildagi PQ-61-son qarori bilan tasdiqlangan.
-
Dasturni amalga oshirish maqsadida «O‘zmilliybank» AJga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan:
- 80 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga (3 yillik imtiyozli davr bilan), Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;
- 20 million AQSh dollari ekvivalenti talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyot xarajatlarini moliyalashtirish uchun beg‘araz asosda mablag‘ ajratilgan.
- Qaror bilan «O‘zmilliybank» AJ huzurida “Kelajakka qadam” Markazi tashkil qilingan.
- Universitetda “Kelajakka qadam” Markazining hududiy bo‘linmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.