2025-07-09 17:02:25
126
Tarix fakultetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amaliy workshop o‘tkazildi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetida bitiruvchi talabalar ishtirokida tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan amaliy Workshop shaklida ochiq muloqot tashkil etildi.
Universitetning Karera va bandlik markazi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda “O‘zmilliybank” AJ Olmazor filiali rahbari o‘rinbosari Otabek Ramazonov ishtirok etib, talabalarga “Kelajakka qadam” dasturining mazmun-mohiyati, bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, bitiruvchilarni kasbiy tayyorlash, malakasini oshirish va yangi kasblarni egallashga ko‘maklashuvchi “Mening birinchi kasbim” loyihasi doirasidagi imkoniyatlar ham tushuntirildi.