2025-07-09 17:02:25
126
O‘zMU hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun, 28-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Shuhrat Toshmatov hamda markaz direktori Elmurod Xoshimov o‘zaro hamkorlik masalalari doirasida fikr almashishdi.
📰 Muloqotda O‘zMU bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Markaz va universitet hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.
🎓 Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv yosh mutaxassislarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish va ish beruvchilarning malakali kadrlar bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.