Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2025-07-09 17:02:25

126

O‘zbekiston Milliy universitetida bitiruvchi yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Ayni vaqtda Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent viloyati hokimligi, boshqarma va tashkilotlar hamda har bir tuman va shahardan kelgan mas’ullar ishtirokida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.  

  • Unda bitiruvchi talabalar o‘zlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishib, qiziqtirgan savollariga javob olmoqda. Ayrim yosh bitiruvchilarga ma’qul kelgan ish o‘rinlari bo‘yicha shu joyning o‘zida ish beruvchi tashkilotlar bilan shartnomalar ham imzolanmoqda. 
  • Ma’lumot o‘rnida, Milliy universitetda Toshkent viloyatining o‘zidan bu yil 1289 nafar bitiruvchi talaba tahsil olmoqda.