Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2025-07-09 17:02:25

126

Kimyo fakultetida bitiruvchi talabalar bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026-yil  2- mart kuni universitetning Kimyo fakultetida bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida Universitet Karera va bandlik markazi hamda “Kelajakka qadam” markazi mas’ul xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvdan asosiy maqsad — yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda kasbiy faoliyatga muvaffaqiyatli kirib borishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarga Shavkat Mirziyoev tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar va tashabbuslar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xususan, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash, kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar, jumladan:

  • — bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etish,
  • — ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish,
  • — kasbiy maslahat va yo‘naltirish xizmatlaridan foydalanish,
  • — imtiyozli kredit va tadbirkorlikni boshlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Universitet Karera va bandlik markazi tomonidan bitiruvchilarni ishga joylashishlariga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik, mavjud vakansiyalar bazasi va talabalarni mehnat bozoriga tayyorlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida ham ma’lumot berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot shaklida o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Bunday uchrashuvlar bitiruvchi yoshlarning kelgusi mehnat faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish, ularning raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishi va munosib ish o‘rinlariga joylashishida muhim ahamiyat kasb etadi.