2025-07-09 17:02:25
126
"KAFIL-SUG‘URTA" Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universitetida sug‘urta savodxonligini oshirish bo‘yicha tashrif buyurdi!
Joriy yilning 12-noyabr kuni "KAFIL-SUG‘URTA" aksiyadorlik jamiyati vakillari O'zbekiston milliy universitet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi:
- ➡️ Talabalarni sug‘urta savodxonligi bilan tanishtirish;
- ➡️ Kelajakda sug‘urta agentlarini shakllantirish va professional tayyorlash;
- ➡️ Moliyaviy barqarorlik va xavfsizlikka oid ma’lumotlarni yetkazish.
Uchrashuv davomida talabalarga sug‘urta tizimi, uning ahamiyati va zamonaviy sug‘urta xizmatlarining imkoniyatlari batafsil tushuntirildi.
📍 "KAFIL-SUG‘URTA" AJ o‘z faoliyatida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni moliyaviy savodxonlik sari yetaklashga alohida e’tibor qaratadi.