Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2025-07-09 17:02:25

126

Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan Markaziy bank vakillari uchrashuvi o‘tkazildi

O'zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbar va mas’ul xodimlari hamda universitet Karyera va bandlik markazi ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔺Uchrashuvda Markaziy bank Yoshlar yetakchilari kengashi mas’uli Elyor Ikramov hamda Markaziy bankning bir qator mas’ul xodimlari qatnashdi. 

🗣Uchrashuv davomida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shuningdek universitet Karyera va bandlik markazi tomonidan bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.