Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2025-07-09 17:02:25

126

Bitiruvchilar bilan uchrashuvlar: bandlik va amaliy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

      Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026 yil 24 fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Milliy universitetining Kimyo hamda Geologiya va muhandislik fakultetlari bitiruvchi kurs talabalari uchrashuvlar tashkil etildi.            
      Tadbirlarda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shukur Burxonov, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Sultonbekov hamda Teach for Uzbekistan nodavlat-notijorat tashkiloti vakillari ishtirok etdilar.     
       Uchrashuvlar davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” dasturi imkoniyatlari, ta’lim muassasalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi.