2025-07-09 17:02:25
126
Aziza AI’ning Xitoy bozoriga chiqishi bo‘yicha ilk PoC bosqichlari boshlandi.
😃 Startup Garage rezidenti Aziza AI loyihasi 26–29-avgust kunlari Pekinda bo‘lib o‘tgan HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit doirasida Xitoyning HR va texnologiya ekotizimi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.
Sammit Aziza AI jamoasiga o‘zining sun’iy intellekt asosidagi HR yechimlarini xalqaro auditoriyaga, potensial mijozlar va texnologik hamkorlarga taqdim etish imkonini berdi.
🚀 Tadbir davomida Aziza AI bir qator yirik tashkilotlar bilan pilot rejimida hamkorlikni boshlash bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.