MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA
“KELAJAKKA QADAM” DASTURI BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

UMUMIY MA’LUMOTLAR

  1. “Kelajakka qadam” dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.02.2025 yildagi PQ-61-son qarori bilan tasdiqlangan.
  2. Dasturni amalga oshirish maqsadida «O‘zmilliybank» AJga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan:
    • 80 million AQSh dollari ekvivalenti miqdorida 10 yilga (3 yillik imtiyozli davr bilan), Markaziy bankning asosiy stavkasiga teng foizda;
    • 20 million AQSh dollari ekvivalenti talabalarni kasbga tayyorlash va kasbiy amaliyot xarajatlarini moliyalashtirish uchun beg‘araz asosda mablag‘ ajratilgan.
  3. Qaror bilan «O‘zmilliybank» AJ huzurida “Kelajakka qadam” Markazi tashkil qilingan.
  4. Universitetda “Kelajakka qadam” Markazining hududiy bo‘linmasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.