Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

2025-07-09 17:02:25

126

Taekvondo fakulteti bitiruvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Joriy yilning 6-mart kuni universitetimizning Taekvondo fakultetida  bitiruvchi  kurs talabalari uchun  seminar-trening  bo‘lib o‘tdi.  Unda Marketing va bitiruvchilar bilan ishlash bo'limi  boshlig‘i  

M. Mamanazarov bitiruvchilarning ishga joylashishi, "Kelajakka qadam" dasturi doirasida bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so'z yuritdi.⬅️

Tadbir davomida bitiruvchilarga mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

⚪️Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham tushuntirishlar berildi. Xususan, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida ishtirok etish, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, kasbiy amaliyot, shuningdek, imtiyozli kreditlar orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan bitiruvchilar uchun belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

✅Tadbirda Karyera va bandlik markazi tomonidan bitiruvchilarning ishga joylashishlariga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoriga tayyorlash hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham so‘z yuritildi.

📎Mazkur uchrashuv bitiruvchilar uchun kelajakdagi kasbiy faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish, mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishish va o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yishlari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.